CSFlame

Maxfiylik

csflame.p12.uz sayti va @csflameapp botini P12.uz do'koni boshqaradi. Biz faqat sertifikat berish uchun kerakli ma'lumotlarni yig'amiz.

Qanday ma'lumotlar

  • Akkaunt: login, email, Telegram username, parol xeshi (parolning o'zi saqlanmaydi).
  • Telegram: ID, ism, username va bot bilan yozishma — javob berish va o'rnatishda yordam uchun.
  • Qurilma: UDID, model va iOS versiyasi — ularsiz sertifikatni ro'yxatdan o'tkazib bo'lmaydi.
  • To'lov: buyurtma raqami, summa, chek skrinshoti (yuborgan bo'lsangiz). Karta ma'lumotlarini olmaymiz.
  • Kelish manbasi (UTM) — qaysi reklama ishlashini bilish uchun.

Cookie

Faqat zarurlari: til (cf_lang), kirish (sessionid, csrftoken), kelish manbasi (cf_utm, 30 kun), banner roziligi. Reklama va uchinchi tomon trekerlari yo'q.

Kimga beriladi

UDID qurilmani Apple Developer dasturida ro'yxatdan o'tkazish uchun ishlatiladi. Loyiha hamkori sifat nazorati uchun savdo statistikasi va bot yozishmalarini ko'radi. Boshqa hech kimga berilmaydi va sotilmaydi.

Saqlash va o'chirish

Sertifikat fayllari serverning yopiq papkasida saqlanadi va faqat sizga ochiq (kabinet, bot). Ma'lumotlarni o'chirish uchun @csflameapp botiga yozing.

Telegram'da o'rnatish